1

UMS mobil aloqa operatori SMS jo`natish xizmatini sinovdan o`tkazmoqda

Hi-tech 30.10.2014, 14:33
UMS mobil aloqa operatori SMS jo`natish xizmatini sinovdan o`tkazmoqda

O`zbekistondagi UMS mobil aloqa operatori aloqani yo`lga qo`yish bo`yicha sinov ishlarini boshlab yuborgan. Bu haqda, o`z manbalariga asoslanib, iLike.uz blogi xabar bermoqda, deb yozmoqda kun.uz.

Blogning yozishicha, kompaniya hozirgi vaqtda SMS jo`natish va qo`ng`iroqlarni amalga oshirish xizmatlarini yopiq rejimda sinovdan o`tkazmoqda.

«Avvallari bo`lgani kabi – «xalq ichidan» sinovchilarni tanlab olish amaliyotiga hozircha murojaat qilishayotgani yo`q», – deyiladi blog xabarida.

Ma`lumot uchun, Rossiyaning «MTS» kompaniyasi hamda O`zAATTQning «Radioaloqa, radioeshittirishlar va televidenie markazi» DUK o`rtasida tashkil etilgan UMS (Universal Mobile Systems) kompaniyasi 1 dekabr kuni tijoriy faoliyatini boshlashi kerak.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1