O`zbekiston Intellektual mulk qo`mitasi matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, 21 oktyabr kuni «UMS» savdo belgisi uchun patent berilgan, deb xabar bermoqda Podrobno.uz.
Agentlikning Savdo belgilari davlat ro`yxatida ushbu brend «Uyut-Mebel-Servis» mas`uliyati cheklangan jamiyati nomiga MGU 26469 raqami bilan ro`yxatga olingan.
Bu patent 2014 yil 1 dekabrdan ish boshlashi rejalashtirilayotgan «Universal Mobile Systems» mobil aloqa operatori brendiga qanday ta`sir ko`rsatishi ma`lum qilinmagan.