Kongo Demokratik Respublikasida prezident saylovi natijalari e`lon qilindi, deya xabar qildi TASS nashri.
Mamlakatning saylov komissiyasi muxolifat partiyadan nomzod Feliks Chisekedi g`alaba qozonganini ma`lum qilgan. Natijalar e`lon qilingunga qadar ovozlarni sanash va hisoblashda saylov komissiyasi turli firibgarliklarga yo`l qo`yayotgani bilan bog`liq muammolar yuzaga kelayotgan edi. Saylov komissiyasi rasmiy natijalardan norozilar 10 kun ichida konstitusiyaviy sudga murojaat qilishlari mumkinligini ta`kidlagan.