1

"Agrobank" Germaniya banklari bilan muhim kelishuvlarni imzoladi

Iqtisodiyot 15.01.2019, 12:04
"Agrobank" Germaniya banklari bilan muhim kelishuvlarni imzoladi

Berlinda o`tkazilayotgan O`zbekiston-Germaniya ishbilarmonlari biznes-forumi tijorat banklari uchun faol investisiya muhitini yaratib berayotgani bilan yanada ahamiyatli bo`lmoqda.

Xalqaro forum doirasida “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki ilk bor 150 million Evro miqdorida kredit liniya mablag`larini jalb qilish bo`yicha “Landesbank BadenWurttemberg” hamda “Commerz Bank AG” banklari bilan kelishuvlar imzoladi.

Kelishuvlar doirasida joriy yil 1-choragida to`rtta yirik sanoat korxonalarining istiqbolli loyihalariga 65 million Evro miqdorida kredit mablag`lari ajratiladi. Buning hisobiga 1500 dan ortiq yangi ish o`rinlari yaratiladi.

Mazkur kelishuvlar Germaniya moliya institutlari bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va investisiya faoliyatini kengaytirishga xizmat qiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1