1

AQShda ko`p martalik Orion kosmik kemasi qurilishi tugatildi

Hi-tech 02.11.2014, 12:06
AQShda ko`p martalik Orion kosmik kemasi qurilishi tugatildi

Amerika Qo`shma Shtatlarida 2014 yil 30 oktyabrda ko`p martalik Orion kosmik kemasi yig`ib bo`lindi, deb xabar berdi NASA.

Ushbu qurilma 10 noyabrga qadar Floridaning Merritt orolida joylashgan Kennedi nomidagi kosmik markazda saqlanishi NASA saytida ma`lum qilingan.

So`ngra Orionni Kanaveral kosmodrom qurilmasi burniga ko`chirib o`tkazish rejalashtirilgan. Uni orbitaga Delta raketa oilasiga tegishli bo`lgan raketa olib chiqadi. Kemaning o`zi xizmat va yuk qismlaridan iborat. Umumiy og`irligi 20 tonnani tashkil etadi.

NASA bu qurilmani odamning kosmosga qiladigan uzoq safarlari uchun ishlatmoqchi. Bundan tashqari, insonni Marsga olib borishda ham Orion xizmat qilishi kerak. 2020 yillarda olimlar oy atrofidagi asteroidni shu uskuna yordamida o`rganib, Marsga odamlarni olib chiqmoqchi.

NASA o`zining kosmik dasturi doirasida 2018 yilgacha Space Launch System (SLS) modernizasiyasini yakunlashi kerak. Ko`p martalik Orion kemasi 2011 yildan buyon ishlatilmaydigan Space Shuttle o`rnini bosishi kutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1