1

Yuz ming so`mlik banknota chiqarilishi inflyasiyaga ta`sir ko`rsatadimi?

Iqtisodiyot 21.01.2019, 17:04
Yuz ming so`mlik banknota chiqarilishi inflyasiyaga ta`sir ko`rsatadimi?

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo`mitasi raisi Muhamet Jumagaldiev O`zA muxbiriga quyidagi fikrlarni bildirdi:

– Ma`lumki, shu yilning 15 yanvar kuni Oliy Majlis Senati 100 ming so`mlik banknot namunasi va dizaynini ma`qulladi.

Markaziy bank tomonidan 100 ming so`mlik banknotani muomalaga chiqarishdan maqsad aholiga naqd pul orqali hisob-kitoblarda qulaylik yaratish, saqlash, tashishni osonlashtirish, muomaladagi banknotalar strukturasini optimallashtirishdan iborat.

Yuz ming so`mlik banknota eskirgan pul birliklarini muomaladan chiqarish hisobiga muomalaga kiritilmoqda. Shuning uchun, bu banknotalarning muomalaga chiqarilishi amaldagi naqd pul massasining oshishiga olib kelmaydi.

Demak, muomaladagi naqd pullar strukturasining o`zgarishi inflyasiyaning oshishiga ta`sir qilmaydi. Yana ham soddaroq aytganda, 100 ming so`mlik pul aholiga qo`shimcha qulaylik yaratadi va bankomatlar orqali xizmat ko`rsatish sifati va samaradorligini oshiradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1