Zamonaviy texnologiyalarning sharofati bilan Gollivud nogoh vafot etgan aktyorlarni “qayta tiriltirmoqda”, deb xabar qildi Kinoafisha.info nashri.
“Forsaj 7”, 2015
Poyga-ekshnning navbatdagi qismi suratga olinayotganda Pol Uoker avtoavariya tufayli vafot etadi. Uning rolini esa aktyorning ukalari Kaleb va Kodi yakunlashgan.
“Gladiator”, 2000
Filmda asosiy rollardan birini ijro etayotgan Oliver Rid kutilmaganda vafot etadi. Uni “qayta tiriltirish” uchun 3 million dollar sarflangan.
“Doktor Parnasning tasavvur olami”
2010 yili Xit Lejer “Zulmat risari”dan so`ng “Doktor Parnas”da suratga tushayotganda vafot etadi. Shundan so`ng Lejerning o`rniga Jonni Depp va Kolin Farrell keladi.
“Qarg`a”, 1994
Afsonaviy Bryus Lining o`g`li Brendon Li o`zining so`nggi filmining suratga olish ishlari jarayonida qattiq yaralanib vafot etadi. Ammo bu bilan loyiha to`xtatilmaydi. Negaki Brendon bilan bog`liq sahnalar suratga olib bo`lingani edi.
“Ajal o`yinlari”, 1978
Bryus Li hatto o`limidan so`ng ham suratga tushishda davom etadi. “Ajal o`yinlari”ning suratga olish paytida Bryus Lini otib qo`yishadi. Film esa besh yildan so`ng qayta suratga olinadi. Qizig`i shundaki, filmda Bryus Lining dafn marosimi kadrlaridan foydalanilgan.