Mutaxassislarning ta`kidlashicha, sog`lom ovqatlanish, jismoniy harakat hamda yuqori kayfiyat salomatlik garovi. Birgina dudlangan va qovurilgan taomlardan voz kechish sog`lom ovqatlanish sari tashlangan qadamdir.
Dimlangan va bug`da pishirilgan taomlarning hazmi engil bo`lib, foydali jihati – vitaminlari saqlangan bo`ladi.
Muntazam qovurilgan ovqatlar, yog`li taomlar, qandolat mahsulotlari, pechene va oq non, kolbasa hamda dudlangan go`sht mahsulotlari iste`moli natijasida bir nechta kasalliklar paydo bo`ladi.
Tibbiyot xodimlari hatto 50 gramm dudlangan kolbasadagi zaharli moddalar bir quti tamakidagi shunday moddalar miqdoriga tengligini aytishmoqda.