AsosiyJamiyat

Ukraina nashri O`zbekistonning sayyohlik salohiyati haqida maqola chop etdi

Ukrainaning «Panorama» jurnalida O`zbeksitonning sayyohlik salohiyati, o`zbek xalqining boy tarixi, madaniyati va an`analariga bag`ishlangan «O`zbekiston marvaridi» nomli maqola chop etildi, deb xabar bermoqda «O`zbekturizm» milliy kompaniyasi axborot xizmati.

Maqola asosan O`zbekistonning Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg`ona kabi muzey-shaharlari va ularning tarixiy obidalariga bag`ishlangan. Ko`plab madrasalar va ko`k gumbazlari bilan Samarqand Sharq marvaridlaridan biriga aylangani, Buxoroda esa yuzdan ortiq saqlanib qolgan tarixiy yodgorliklari bilan ertak muhiti hukm surishi alohida ta`kidlangan.

Shuningdek, O`zbekistondagi rivojlangan sayyohlik infratuzilmasi, sharqona bozorning o`ziga xosliklari, masjid va minoralarning g`ayrioddiy go`zalligi va o`zbek xalqining mehmondo`stligi haqida ham so`z yuritiladi.

    Boshqa yangiliklar