AsosiyJamiyat

Anomal sovuq havo sababli TIV Qozog`istonga boruvchilarni ogohlantirdi

'Anomal sovuq havo sababli TIV Qozog`istonga boruvchilarni ogohlantirdi'ning rasmi

Qozog`istonning ayrim mintaqalarida havo haroratining keskin sovushi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti O`zbekiston fuqarolarining e`tiborini mazkur mamlakatga kirganlarida, asosan uning shimoliy hududlarida harakatlanish uchun transport vositasini tanlayotganlarida hamda avtobus yoki boshqa avtomobil transporti turlarida Rossiyaga o`tayotganlarida duch kelinadigan xavflarni hisobga olishlari zarurligiga qaratadi.

O`zbekistonning Qozog`istondagi Elchixonasi Konsullik bo`limi bergan ma`lumotlarga ko`ra qattiq sovuq tushganligi munosabati bilan respublika ahamiyatidagi «Astana-Petropavlovsk» trassasi avtotransportlar uchun yopilgan, mahalliy aholiga esa safarlarga chiqmaslik tavsiya qilingan.

    Boshqa yangiliklar