AsosiyJamiyat

IIVning ixtisoslashtirilgan maktab-internati oshxonalarida autsorserlar xizmat ko`rsatadi

'IIVning ixtisoslashtirilgan maktab-internati oshxonalarida autsorserlar xizmat ko`rsatadi'ning rasmi

Hukumat qarori bilan Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internati o`quvchilari ovqatlanish tizimini autsorsing shartlarida tashkil etish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali ma`lum qildi.

Nizomga muvofiq, autsorserlar umumiy ovqatlanish sohasida kamida uch yil faoliyat ko`rsatgan, autsorsing xizmati bo`yicha kamida bir oylik shartnoma summasiga teng aylanma mablag`larga ega bo`lishi lozim.

Autsorsing xizmati ko`rsatish bo`yicha shartnoma uch nusxada tuziladi.

Autsorser tomonidan foydalaniladigan oziq-ovqat mahsulotlari sertifikatlar bilan tasdiqlanishi, shuningdek, xalqaro va milliy standartlar talablariga javob berishi shart.

Oshxonaning ishlab chiqarish xonalari, asbob-uskunalari, idish-tovoqlari va mebellari ijara shartnomasi asosida “nol stavka” bo`yicha autsorserga foydalanishga beriladi.

Izoh: autsorser – shartnoma asosida o`quvchilarni ovqatlantirish xizmatini ko`rsatuvchi yuridik shaxs.

    Boshqa yangiliklar