O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi o`z tashabbusi bilan ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama bo`layotgan qayni ukasi tomonidan 16 marta pichoq urilgan homilador ayolning sud jarayonida ishtirok etishni maqsadga muvofiq deb topdi.
Xotin-qizlar qo`mitasi vakili jamoatchi himoyachi sifatida qatnashib, ayolning qonuniy huquqlarini himoya qiladi.
Yuz bergan hodisa oqibatlari mudhish tugashi mumkin edi, biroq besh soatlik jarrohlik amaliyoti ayolni hayotga qaytardi, mo``jiza bilan ona ham homila ham saqlab qolindi.
14 fevral kuni ayol kesarcha kesish orqali farzandini dunyoga keltiradi.
Sud o`z qarorini 12 fevral kuni e`lon qiladi