1

Qishloq xo`jaligi texnikasi Rossiya bozoriga etkazilishi kutilmoqda

Iqtisodiyot 13.02.2019, 10:45
Qishloq xo`jaligi texnikasi Rossiya bozoriga etkazilishi kutilmoqda

Bu haqda Toshkentda O`zbekiston va Qirg`iziston o`rtasida hamkorlikni rivojlantirishga oid o`tkazilgan uchrashuvda qayd etildi. Qishloq xo`jaligi vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, 12 fevral kuni Qirg`iziston Respublikasi delegasiyasi bilan uchrashuv bo`lib o`tgan. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati to`g`risida fikr almashildi va O`zbekiston va Qirg`iziston o`rtasidagi ko`p tomonlama hamkorlikning rivojlanishining ijobiy dinamikasi alohida ta`kidlandi.

Qirg`iziston Respublikasi qishloq xo`jaligi, oziq-ovqat sanoati va meliorasiya vaziri Qirg`izistonning kartoshka, go`sht va boshqa mahsulotlarini O`zbekiston bozoriga etkazib berishga qiziqish bildirdi. Uchrashuv davomida muhandislik, chorvachilik, urug`chilik kabi sohalarda qo`shma loyihalarni amalga oshirish holati muhokama qilindi. Xususan, Qirg`iziston Respublikasi sanoat, energetika va er osti boyliklari davlat qo`mitasi raisining o`rinbosari Jirgalbek Saginbaev birgalikda ishlab chiqarilgan qishloq xo`jaligi texnikasini Rossiya Federasiyasi bozoriga etkazib berishni taklif etdi.

«Biz O`zbekiston va Qirg`izistonning agrosanoat sohasini rivojlantirishda mamlakatlarimizning raqobatbardosh ustunliklaridan samarali foydalanish tarafdorimiz» - deya ta`kidladi O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vaziri Jamshid Xodjaev.

Uchrashuv yakunida tomonlar qo`shma ishchi guruh tuzish va 2019 yilga mo`ljallangan rejalarni belgilash bo`yicha kelishuvga erishdilar.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1