1

Oltin tanganing narxi o`zgarmadi, kumush tanga arzonlashdi

Iqtisodiyot 13.02.2019, 16:14
Oltin tanganing narxi o`zgarmadi, kumush tanga arzonlashdi

Markaziy bank esdalik tangalarning 13 fevraldan amalda bo`ladigan narxlarini belgiladi.

Unga ko`ra:

1 ta oltin tanga narxi – 13 700 000 so`m;

1 ta kumush tanga narxi – 265 000 so`mni tashkil etdi.

O`tgan haftadagi narxlarga taqqoslaganda, oltin tangalar narxi saqlanib qolgan bo`lsa, kumush tangalar ming so`mga arzonlashgan.

Esdalik tangalarning har birini og`irligi 31,1 grammdan iborat. Metallar probasi 999,9 ga teng.

Eslatib o`tamiz, sotuvga 1994-2009 yillarda zarb etilgan, 2 xil oltin hamda 14 xil kumush esdalik tangalari qo`yilgan. Ularning asillik darajasi 999,9 hamda og`irligi 31,1 grammdan iborat. 2018 yil 28 noyabrdan boshlab esdalik tangalarini tijorat banklarining ayrim filiallarida naqd va naqd pulsiz hisob-kitoblar asosida sotib olish mumkin.

Esdalik tangalarni sotish narxi Markaziy bank tomonidan har haftada kamida bir marta milliy valyutada belgilanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1