Mikrofirma va kichik korxonalar, fermer xo`jaliklari rahbarlari diqqatiga!

Iqtisodiyot 14.02.2019, 13:15
Mikrofirma va kichik korxonalar, fermer xo`jaliklari rahbarlari diqqatiga!

- 1-KB shakli yillik (mikrofirma va kichik korxonalar (chet el investisiyalari va xorijiy sarmoya ishtirokidagi mikrofirma va kichik korxonalardan tashqari)); -1-FX shakli yillik (fermer xo`jaligi faoliyati to`g`risida) davlat statistika hisobotlarini joriy yilning 25 fevralidan kechiktirmay elektron imzodan foydalangan holda internet tarmog`i orqali topshirishingiz yuzasidan ogohlantirib o`tamiz.

Hisobotlar internet tarmog`i vositasida, davlat statistika hisobotlarini elektron ko`rinishda yig`ishni avtomatlashtirilgan tizimi eStat 3.0 orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda taqdim etiladi. eStat 3.0 tizimida mavjud davlat statistika hisobotlarining elektron shakli (shabloni) ni O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasining www.stat.uz rasmiy veb saytidan olishingiz mumkin.

Davlat statistika kuzatuvini olib borish uchun zarur bo`lgan hisobot va boshqa ma`lumotlarni taqdim etmaslikda ifodalangan davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzish, hisobot ma`lumotlarini buzib ko`rsatish yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzish O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 215-moddasida belgilangan javobgarlikka sabab bo`ladi.

2018 yil uchun yuqoridagi davlat statistika hisobotlarini taqdim etuvchi sub`ektlar ro`yxatini Davlat statistika qo`mitasining rasmiy veb sayti www.stat.uz ga kirgan holda u erdagi interaktiv xizmatlar bo`limidan shakllar ro`yxati saxifasida korxona va tashkilotning xos STIR (INN) kodini tergan holda bilib olishingiz mumkinligini eslatib o`tamiz.

Parkent tumani statistika bo`limi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1