AsosiyJamiyat

Adliya vazirligi jurnalistlar uchun o`quv kurslari tashkil qildi

'Adliya vazirligi jurnalistlar uchun o`quv kurslari tashkil qildi'ning rasmi

Adliya vazirligi ommaviy axborot vositalari vakillari uchun huquqiy mavzularda o`quv kurslari tashkil qildi.

«Jurnalistika: huquqiy amaliyot va ko`nikmalar» deb nomlangan ikki kunlik o`quv kurslari quyidagi modullar asosida olib boriladi:

  • OAV faoliyatining huquqiy kafolatlari;
  • jurnalistning huquqlari va majburiyatlari;
  • axborot olish va tarqatish kafolatlari, axborot tarqatishda inson sha`ni, qadr-qimmatini himoya qilish, javobgarlik masalalari;
  • qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlash, muhokama qilish, huquqiy ekspertizadan o`tkazish. Qonunchilikni sharhlash;
  • huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi islohotlar, ularni nashrlarda yoritish;
  • murojaatlar bilan ishlash. Davlat xizmatlari ko`rsatish masalalari;
  • huquqiy materiallarni tayyorlashda jurnalistning yuridik leksikadan foydalanishiga doir qoidalar;
  • qonun hujjatlari elektron bazalari bilan ishlash;
  • jurnalist etikasi va axloqiy chegaralar;
  • korrupsiyaga qarshi kurashishda tahririyat xodimlarining ishtiroki.

Dastlabki o`quv kurslari fevral oyida tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Keyinchalik kurslar muntazam olib boriladi.

Ushbu kurslarda tahsil olish bepul. Xohlovchilar quyidagi manzilga murojaat etishlari mumkin: targibot@minjust.gov.uz.

Kurslarni tamomlagan tinglovchilarga tegishli sertifikatlar beriladi.

    Boshqa yangiliklar