O`zbekiston Respublikasining delegasiyasi AQShning Missisipi shtatiga tashrif buyurdi

Iqtisodiyot 15.02.2019, 15:01
O`zbekiston Respublikasining delegasiyasi AQShning Missisipi shtatiga tashrif buyurdi

Joriy yilning 10-14 fevral kunlari O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining birinchi o`rinbosari Sodiq Safoev boshchiligidagi O`zbekiston Respublikasi ishchi delegasiyasi AQShda bo`ldi. Delegasiya tarkibiga Innovasion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Qishloq xo`jaligi vazirining o`rinbosari Saidkamol Xo`jaev, Investisiya va tashqi savdo vazirining o`rinbosari Laziz Qudratov, shuningdek, sanoat birlashmalari, universitetlar va ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari kirdi. Bu haqda Qishloq xo`jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tashrif chog`ida Missisipi shtatida O`zbekiston delegasiyasi shtat gubernatori F.Brayant, kongressmen T.Kelli, shtat milliy gvardiyasi qo`mondoni Dj.Boylz, qishloq xo`jaligi va savdo departamentining boshlig`i E.Gibson, shuningdek, parrandachilik, o`rmon xo`jaligi va fermerlar uyushmasi rahbarlari bilan uchrashuvlar o`tkazildi.

Uchrashuv davomida O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vazirligi va Missisipi qishloq xo`jaligi va savdo departamenti o`rtasida protokol imzolandi. Ushbu hujjat O`zbekiston Respublikasi va Missisipi shtatining qishloq xo`jaligini rivojlantirish va savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish bo`yicha hamkorlikni nazarda tutadi.

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vazirligi tashabbusi bilan tomonlar oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xo`jaligi mahsulotlarini sertifikatlash sohasida tajriba almashish, shuningdek, baliqchilik va parrandachilikni rivojlantirish bo`yicha ish rejasini tayyorlash bo`yicha kelishuvga erishdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1