1

Toshkentda O`zbekiston-Niderlandiya hamkorligining istiqbollari muhokama qilindi

Iqtisodiyot 15.02.2019, 15:25
Toshkentda O`zbekiston-Niderlandiya hamkorligining istiqbollari muhokama qilindi

Shu yil 14 fevral kuni Qishloq xo`jaligi vazirligida Moskva shahrida joylashgan Niderlandiya elchixonasining qishloq xo`jaligi masalalari bo`yicha maslahatchisi Brauver Meuves bilan uchrashuv o`tkazildi.

Qishloq xo`jaligi vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, uchrashuv davomida shu yil mart oyining birinchi yarmida Niderlandiyadan qishloq xo`jaligi missiyasining O`zbekistonga tashrifini tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Tashrif doirasida BB, B2G va G2G formatlarida uchrashuvlar o`tkazilishi kutilmoqda. O`zbekiston tomoni, ikki mamlakat ishbilarmonlari o`rtasida bevosita aloqalarni o`rnatish maqsadida kooperasion birja, joylarga chiqib tanishuv tashriflar va boshqa tadbirlarni tashkillashtirishni taklif qildi.

Shuningdek, tomonlar Niderlandiyalik kompaniyalar tomonidan fermerlar uchun demo-prezentasiyalar tashkil etish va O`zbekistonning ixtisoslashgan universitetlarida mehmonlar tomonidan ma`ruzalar o`tkazish imkoniyatlarini muhokama qilishdi.

O`zbek tomoni ixtisoslashgan bilim va innovasiya markazlarini yaratish uchun Niderlandiyalik mutaxassislarni jalb etishga qiziqish bildirdi. Qishloq xo`jaligi sohasida agroforumlarni, ixtisoslashtirilgan ko`rgazmalar o`tkazish va ilg`or texnologiyalarni namoyish etish uchun platforma vazifasini bajaradigan “Horti“ markazining faoliyati ta`kidlandi.

Bu va boshqa tashabbuslarini amalga oshirish maqsadida, tomonlar ikki mamlakat vazirliklari o`rtasida hamkorlik tadbirlar rejasini ishlab chiqish uchun mas`ul xodimlarni aniqladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1