1

Qishloq xo`jaligi vazirligida o`zbek-fransuz munosabatlari muhokama qilindi

Iqtisodiyot 15.02.2019, 16:55
Qishloq xo`jaligi vazirligida  o`zbek-fransuz munosabatlari muhokama qilindi

14 fevral kuni Qishloq xo`jaligi vazirligida Fransiyaning elchisi bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvda O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vaziri, Fransiyaning O`zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Violen De Vilmor ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini, shuningdek, O`zbekiston va Fransiya o`rtasida qishloq xo`jaligi sohasida hamkorlikni faollashtirish istiqbollarini muhokama qilishdi.

Xususan, O`zbekiston tomoni ikki mamlakat qishloq xo`jaligi vazirliklari o`rtasida agrosanoat kompleksini rivojlantirishda hamkorlikning istiqbolli yo`nalishlarini o`rganish bo`yicha ishchi guruh tuzishni taklif qildi.

Fransiya tomoni O`zbekiston vakillarini Parijda bo`lib o`tadigan qishloq xo`jaligi ko`rgazmasida ishtirok etishga taklif qildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1