14-17 fevral kunlari Rossiya Federasiyasi poytaxti Moskva shahrida badiiy gimnastika bo`yicha Gran-Pri turniri bo`lib o`tmoqda. Qizlarimiz mavsumdagi ilk xalqaro turnirni muvaffaqiyatli boshlashdi. Jamoaviy ko`pkurash bahslarida (to`p bilan mashqlar, uchta halqa va ikkita bulava) bronza medaliga sazovor bo`lishdi. Bu borada birinchi va ikkinchi o`rin mos ravishda Rossiya va Yaponiya terma jamoalariga nasib qildi.
Musobaqada yurtimiz sharafini Nilufar Shomurodova, Dinara Ravshanbekova, Kseniya Aleksandrova, Sofiyabonu Kasimova, Kamola Irnazarova va Sevara Safoevalar himoya qilishdi. Qizlarimiz Gran-Prida rossiyalik murabbiy Ekaterina Pirojkova qo`l ostida ishtirok etishdi.
Qayd etish lozimki, sportchilarimiz turnirda Qozog`iston, Ozarbayjon, Isroil va Turkiya kabi terma jamoalarni ortda qoldirib ketishdi.
MOQ xabariga ko`ra, ertaga alohida yo`nalishlar bo`yicha finallar tashkil qilinadi.