Turkiyaning Antaliya shahrida taekvondo WTF bo`yicha «Turkish Open» reyting turniri nihoyasiga etdi. Musobaqa sportchilarimiz uchun har qachongidanda omadliroq keldi. Turnir yakunlariga ko`ra, hamyurtlarimiz umumiy hisobda 10 ta medalni qo`lga kiritishdi.
Musobaqada sovrindor bo`lgan o`zbekistonlik sportchilar ro`yxati:
Oltin medal:
-74 kg: Nikita Rafalovich
-87 kg: Davron Azimov
-49 kg: Madina Mannopova
-67 kg: Nigora Tursunqulova
+73 kg: Svetlana Osipova
-48 kg: Amirbek To`raev – (o`smirlar o`rtasida)
Kumush medal:
-54 kg: Bahrom Abdullaev
Bronza medali:
-54 kg: Valentin Xegay
-57 kg: Zariya Kasimova
-80 kg: Shuhrat Salaev.
Avvalroq, taekvondochilarimiz Nikita Rafalovich (kumush) va Valentin Xegay (bronza) Antaliyadagi «President’s Cup European region» reyting turnirida shohsupaga ko`tarilgandilar. MOQ xabariga ko`ra, sportchilar ortda qolgan ikki turnir yakuniga ko`ra 12 ta medal bilan yurtimizga qaytadigan bo`lishdi.