AsosiySport

O`zbekiston shaxmat federasiyasi raisiga yangi o`rinbosar saylandi

'O`zbekiston shaxmat federasiyasi raisiga yangi o`rinbosar saylandi'ning rasmi

Ixtisoslashtirilgan bolalar-o`smirlar sport maktabida O`zbekiston shaxmat federasiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi o`tkazildi.

Konferensiyada O`zbekiston shaxmat federasiyasi rahbariyati va mutasaddilari, hakamlar hamda OAV xodimlari ishtirok etdi. Unda o`tgan 2018 yilda shaxmatchilarimizning turli nufuzli musobaqalarda qo`lga kiritgan yutuqlari, federasiya nizomiga kiritilgan o`zgarish va qo`shimchalar haqida ma`lumot berildi.

Federasiya raisining birinchi o`rinbosari X.Turdialiev so`nggi yillarda yurtimizda shaxmat aholi orasida keng ommalashayotgani, natijada navqiron avlod ichidan iste`dodli sportchilar etishib chiqqan holda yuksak natijalarga erishayotganini ta`kidladi.

Kun tartibidan o`rin olgan asosiy masala – federasiya raisiga o`rinbosar saylashdan iborat edi. Shu munosabat bilan mazkur lavozimga Sherzod Karimov nomzodi ilgari surildi. Konferensiya ishtirokchilari bir ovozdan ko`rsatilgan nomzodni qo`llab-quvvatlashdi. Shu tariqa, Sh.Karimov O`zbekiston shaxmat federasiyasi raisining o`rinbosari lavozimiga saylandi.

    Boshqa yangiliklar