1

Yuzlab fohishaxonalar fosh etildi

Jamiyat 10.11.2014, 14:56
Teglar: fohisha
Yuzlab fohishaxonalar fosh etildi

Internet tarmoqlarida Toshkent shahrida 334 ta fohishaxona fosh etilgani haqida xabar tarqaldi...

Bu xabarni o`qib, beixtiyor titrab ketdim. Ayol degan ulug` nomni poymol etib, fohishalikni kasb qilib olgan, pul uchun va lahzalik huzur-halovat uchun insoniylikdan voz kechishga, millat nomini er bilan yakson qilishga tayyor bu ayollarni kim deyish mumkin? Ko`plab oilalarning buzilib ketishiga sabab bo`layotgan, ota-ona, aka-uka, opa-singillar, boringki millat yuzini erga qaraishga sabab bo`layotgan bu illat nega bu qadar ildiz otdi ekan? Shu savollarga javob topish uchun bu yoqimsiz xabar faktlariga e`tibor qaratib, bu illatga qarshi qanday jazo choralari ko`rilayotgani bilan qiziqdim.

Internetda keltirilgan xabarlarga ko`ra, Toshkent viloyatida 69 ta, Samarqandda 50 ta, Sirdaryo va Jizzaxda 22 ta, Buxoroda 46 ta, Navoiyda 19 ta, Farg`onada 47 ta, Andijonda 30 ta, Namanganda 74 ta va Qoraqalpog`istonda 40 ta ishratxona aniqlangan. Mazkur xabarga oydinlik kiritish maqsadida esa O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklarni oldini olish Bosh boshqarmasi boshlig`i U. Narzullaevga murojaat qildik.

— Internetdagi xabarlarga oydinlik kiritsangiz...

— Ichki ishlar vazirligi va uning quyi tizimlari tomonidan keng jamoatchilikni jalb qilgan holda ahloq-odob doirasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida muntazam ravishda o`tkazib kelinayotgan profilaktik-ogohlantiruv tadbirlari natijasida joriy yilning o`tgan davrida 1000 nafardan ortiq fohishalik bilan shug`ullangan, qo`shmachilik qilgan, shuningdek fohishaxona saqlagan qonunbuzarlar aniqlandi va ularga sudlar orqali jazo muqarrarligi ta`minlandi.

Ushbu turdagi jinoyatni oldini olish borasida huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

— Bugungi kunda ahloq-odob doirasidagi huquqbuzarliklar sodir etganligi uchun ichki ishlar idoralarining profilaktik hisobida turgan mingdan ortiq fohishalik va qo`shmachilik bilan shug`ullangan shaxslar bilan profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning o`tgan davri mobaynida “Aldanib qolmang”, “OITS kasalligi profilaktikasi” va boshqa mavzularda mahallalarda, korxona va tashkilotlarda, oliy o`quv yurtlarida, akademik liseylarda, kasb-hunar kollejlarda va umumta`lim maktablarda davra suxbatlari o`tkazilmoqda.

Shuningdek maxsus rejalar asosida “Oriyat”, “Tozalash”, “Tun” kabi maxsus profilaktik tadbirlar o`tkazilmoqda.

QO`ShMAChILIKNING JAZOSI QANDAY?

Huquqshunos javob beradi:

— O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasiga binoan, fohishaxona ochish yoki saqlash, shuningdek g`arazli yoki boshqa past niyatlarda qo`shmachilik qilish — eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Ushbu harakatlar:

a) voyaga etmagan shaxsni jalb qilgan holda;

b) takroran, xavfli residivist yoki ushbu Kodeksning 135 (Odam savdosi) yoki 137-moddalari (Odam o`g`rilash)da nazarda tutilgan jinoyatlarni ilgari sodir etgan shaxs tomonidan sodir qilingan bo`lsa, — olti oygacha qamoq yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

FOHIShALIK BILAN ShUG`ULLANAYoTGANLAR-ChI?

O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 190-moddasiga asosan fohishalik bilan shug`ullanish — eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga, xuddi shunday huquqbuzarlik ma`muriy jazo chorasi qo`llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo`lsa, — eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi.

OGOH BO`LING!

Ne-ne olimu-ulamolar etishib chiqqan bu yurtda bunday illatlar odatiy holga aylanib qolmasligi uchun birgalikda qarshi kurashmog`imiz, loqaydlikdan voz kechmog`imiz zarur.

Katta gunohlardan biri bo`lmish zinokorlikdan saqlanish o`zimiz uchun ham, jamiyatimiz uchun ham qarz, ham farz.

Siz ham befarq bo`lmang, yashash hududingizda ahloq-odob doirasidagi huquqbuzarliklar haqida ma`lumotga ega bo`lsangiz, hududiy ichki ishlar idoralariga murojaat qiling!

Laylo RUSTAMOVA tayyorladi

Sharhlar

​Yunusobod tumanida fohishaxona saqlash aniqlandi

10.07.2017, 09:45

2017 yilning 6 iyul kuni taxminan soat 13:30larda, o`tkazilgan “Kompleks” tezkor tadbiri davomida, Suxix Denis Borisovich, Yunusobod tumani, 4-mavze, 55-uy, 30-xonadonda fohishaxona saqlab, 30.000 so`m...
​Yakkasaroyda yana bir fohishaxona fosh etildi

29.06.2017, 15:17

2017 yilning 23 iyun kuni taxminan soat 20:10larda, o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, Raxmanberdieva Maftuna Atamuradovna, Yakkasaroy tumani hududida joylashgan xonadonda fohishaxona saqlab, 250.000 so`m pul...
​Toshkentda 24 ming so`m evaziga fohishaxona yaratib bergan fuqaroga jinoyat ishi qo`zg`atildi

28.06.2017, 16:30

2017 yilning 24 iyun kuni taxminan soat 20:00 larda o`tkazilgan “Oriyat” tadbiri davomida, Vasyakin Ravil Djamilevich, Mirzo Ulug`bek tumani hududida joylashgan xonadonda fohishaxona saqlab, 24.000...
​Ichki ishlar xodimlari navbatdagi fohishaxona faoliyatiga chek qo`yishdi

20.06.2017, 12:01

2017 yilning 17 iyun kuni taxminan soat 17:30larda, o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, Ivanova Nadejda Mirzo Ulug`bek tumani hududida joylashgan xonadonida fohishaxona saqlab, 70.000 so`m pul...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1