AsosiySport

Markaziy Osiyo I Ochiq chempionatida O`zbekiston birinchi o`rinni egalladi​

'Markaziy Osiyo I Ochiq chempionatida O`zbekiston birinchi o`rinni egalladi​'ning rasmi

15-17 fevral kunlari poytaxtimiz Markaziy Osiyo qilichbozlik Konfederasiyasining I Ochiq chempionatiga mezbonlik qildi. Bellashuvlarda Konfederasiyaga a`zo Afg`oniston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg`iziston, Qozog`iston va O`zbekiston mamlakatlaridan 150 nafardan ziyod o`smirlar va kadetlar sovrinli o`rinlar uchun kurash olib borishdi.

Uch kun davom etgan bellashuvlarda 36 ta medal qo`lga kiritgan O`zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o`rinni egalladi.

Sportchilarimiz musobaqa davomida 11 ta oltin, 9 ta kumush va 16 ta bronza medaliga sazovor bo`lishdi. 1 ta oltin medal esa Turkmanistonning ikkinchi o`rindan joy olishi uchun etarli bo`ldi. Qozog`iston vakillari 2 ta kumush va 7 ta bronzaga ega chiqishdi. Qirg`izistonlik yosh qilichbozlar esa musobaqada 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo`lga kiritishdi. Afg`onistonlik sportchilar esa musobaqani medalsiz yakunlashdi.

Milliy olimpiya qo`mitasi musobaqada sovrindor bo`lgan sportchilar ro`yxatini havola etdi:

15 fevral:

O`smirlar, rapira:

1-o`rin:Sanjarbek Sobirov (O`zbekiston)
2-o`rin: Ilxamjan Anarkulov (Qozog`iston)
3-o`rinlar: Asadbek Mamatov (O`zbekiston), Vladislav Duplyakin (Qozog`iston)

O`smir qizlar, rapira:

1-o`rin: Jasmina Suvonova (O`zbekiston)
2-o`rin: Kamilya Abdil-Xamitova (Qirg`iziston)
3-o`rinlar: Rada Kasimova, Shahoda Egamberdieva (ikkalasi O`zbekiston)

Kadetlar, sablya:

1-o`rin: Sherzod Mamutov (O`zbekiston)
2-o`rin: Pazilbek Genjebaev (O`zbekiston)
3-o`rinlar: Bobur Rasulov, Jaloliddin Dushamboev (ikkalasi O`zbekiston)

Kadetlar, qizlar, sablya:

1-o`rin: Zaynab Dayibekova (O`zbekiston)
2-o`rin: Venera Isroilova (O`zbekiston)
3-o`rinlar: Shaxnoza Tog`aymurodova, Gulbanu Esemuratova (ikkalasi O`zbekiston)

16 fevral:

Kadetlar, rapira:

1-o`rin: Jumanazar Dovletnazarov (Turkmaniston)
2-o`rin: Mirzoulug`bek Mo`minov (O`zbekiston)
3-o`rinlar: Jamshid Abdulakimov, Farhodbek Gafurjanov (ikkalasi O`zbekiston)

Kadetlar, qizlar, rapira:

1-o`rin: Shahzoda Egamberdieva (O`zbekiston)
2-o`rin: Barchinoy Boltaeva (O`zbekiston)
3-o`rinlar: Mariya Peretyatko (Qirg`iziston), Sevara Rahimova (O`zbekiston)

O`smirlar, shpaga:

1-o`rin: Ahmadilloxon Solixojiev (O`zbekiston)
2-o`rin: Muhammadyusuf Asranov (O`zbekiston)
3-o`rinlar: Galim Nurimov, Denis Anasko (ikkalasi Qozog`iston)

O`smir qizlar, shpaga:

1-o`rin: Lolita Ziyaxodjaeva (O`zbekiston)
2-o`rin: Madinabonu Parpieva (O`zbekiston)
3-o`rinlar: Umida Ilyosova (O`zbekiston), Ayauli Uteulenova (Qozog`iston)

17 fevral:

Kadetlar, shpaga:

1-o`rin: Ilyas Molina (O`zbekiston)
2-o`rin: Muhammadyusuf Asranov (O`zbekiston)
3-o`rinlar: Galim Nurimov (Qozog`iston), Anvarxon Solixojiev (O`zbekiston)

Kadet qizlar, shpaga:

1-o`rin: Marjona Usmonova (O`zbekiston)
2-o`rin: Kamila Bekbolat (Qozog`iston)
3-o`rinlar: Viktoriya Zinova (Qozog`iston), Ekaterina Tolkacheva (O`zbekiston)

O`smirlar, sablya:

1-o`rin: Pazilbek Genjebaev (O`zbekiston)
2-o`rin: Sherzod Mamutov (O`zbekiston)
3-o`rinlar: Ilyas Sapargaliev (Qozog`iston), Behzod Olimjonov (O`zbekiston)

O`smir qizlar, sablya:

1-o`rin: Zaynab Dayibekova (O`zbekiston)
2-o`rin: Sevinch Ismoilova (O`zbekiston)
3-o`rinlar: Shaxnoza Tog`aymurodova, Aysulu Usnatdinova (ikkalasi O`zbekiston).

    Boshqa yangiliklar