AsosiySport

Zayniddin Zidan: Men har doim hissiyotga tayanib o`ynaganman

Dunyo futboli afsonasi Zayniddin Zidan futbolchilik faoliyatini yodga olib o`tdi.
"Men har doim hissiyotga tayanib o`ynar edim. Mudom kuchliroq futbolchi bo`lish uchun intilardim, ammo barcha o`yinim har doim miyamda turardi. Keyingi harakatimda nima qilish lozimligini har vaqt his qila olganman. Kelgusi soniyada nima bo`lishini raqib himoyachisidan oldinroq sezardim.
Ha, men hali faoliyatimni davom ettirsam bo`lardi. Ammo buning uchun orqaroqda o`ynashimga to`g`ri kelardi. Mening eng kuchli tomonim esa har doim hujum ortida o`ynash va oxirgi uzatmani berish bo`lgan. Shu sababli raqib darvozasiga yaqin bo`lsam o`zimni yaxshi sezardim.

Menimcha hujumda jamoamga ko`proq samara keltirganman. Menga golli vaziyatlarni yaratish yoqardi. Bu mening o`yinim edi. Shuningdek o`zim gol urishdan ko`ra jamoadoshlarimga gol urish imkonini yaratib berishni ham ko`proq yoqtirganman", - deydi Zidan.

Manba: www.soccer.ru   

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar