1

"Rossiya 1" telekanali tomonidan Xorazm haqida ko`rsatuv suratga olindi

Madaniyat 19.02.2019, 09:57
"Rossiya 1" telekanali tomonidan Xorazm haqida ko`rsatuv suratga olindi

Shu yilning 14-16 fevral kunlari O`zbekiston Respublikasi Turizmni riojlantirish davlat qo`mitasi taklifiga binoan Rossiya Federasiyasining «Rossiya 1» telekanali xodimlari Xorazm viloyatiga tashrif buyurishdi.

Xorazmda Mark Bogatryov boshlovchiligidagi «Po sekretu vsemu svetu» teleko`rsatuvining galdagi soni suratga olindi. Bu haqda Xorazm viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ijodkorlar ikki kun davomida Xorazmning qadimiy an`analari va to`y marosimlariga guvoh bo`lishdi, Xorazmcha kelin salom an`anasi, milliy taom tayyorlanish jarayoni, misgarlik va naqqoshlik maktablari faoliyati, Xiva shahridagi «Nurillaboy saroyi», «Ichan-qala» davlat muzey qo`riqxonasi obidalari suratga olindi.

Tasvirga olish jarayonida ijodkorlar oddiy aholi uylarida mexmon bo`lishdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1