AsosiySport

Shohjahon Ergashevning navbatdagi jangi muddati ma`lum bo`ldi

'Shohjahon Ergashevning navbatdagi jangi muddati ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Professional boksning super engil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan o`zbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashevning (16-0, 14 KO) navbatdagi jangi muddati aniq bo`ldi. Bu haqda GoSport.uz xabar bermoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, Ergashev o`zining 17-jangini joriy yilning 13 aprel kuni o`tkazadi. Bellashuv Nyu-Jersi shtatining Atlantik Siti shahrida joylashgan. Boardwalk Hall arenasida bo`lib o`tishi ko`zda tutilgan. Kechaning asosiy jangida ayollar o`rtasida super o`rta vazn toifasining bir yo`la to`rtta kamari uchun bahs o`tkaziladi.

Hozircha Ergashevning raqibi kim bo`lishi ma`lum emas. Sportchi tez orada bu borada ham ma`lumot berishini ma`lum qilgan. Jang 10 raundga mo`ljallangan bo`ladi.

Eslatib o`tamiz, Shohjahon Ergashev so`nggi marta 15 fevral kuni amerikalik Maykal Foksga (19-1, 5KO) qarshi ringga chiqqan va unda ochkolar bo`yicha g`alaba qozongandi.

    Boshqa yangiliklar