AsosiySport

O`zbekistonlik sobiq futbolchi vafot etdi

'O`zbekistonlik sobiq futbolchi vafot etdi'ning rasmi

Samarqandning "Dinamo" futbol klubi sobiq futbolchisi Sirojiddin Sayfiev 37 yoshida hayotdan ko`z yumdi, deya xabar bermoqda GoSport.uz.

Sirojiddin Sayfiev uzoq vaqtlardan buyon o`pka saraton kasalligi bilan og`rib kelayotgandi. 2016 yilda saraton o`simtasi uning bosh qismida ham aniqlanadi.

Bir necha marotaba turli nashrlarda uning sog`lig`ini yaxshilash va davolanishiga ko`maklashish maqsadida "Taslim bo`lma, Siroj", "Biz sen bilan Siroj" kabi aksiyalar tashkil qilingandi.

Marhumning oila a`zolariga chuqur hamdardlik bildiramiz.

    Boshqa yangiliklar