AsosiySport

Bokschilarimiz "Strandja" xalqaro turnirida 5 ta medalga sazovor bo`lishdi

'Bokschilarimiz "Strandja" xalqaro turnirida 5 ta medalga sazovor bo`lishdi'ning rasmi

Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boks bo`yicha «Strandja» 70-xalqaro turnir nihoyasiga etdi. Musobaqada jahonning 42 ta mamlakatidan 350 nafarga yaqin bokschi ishtirok etdi. Shuningdek, o`zbekistonlik charm qo`lqop ustalari ham turnirda sovrinli o`rinlar uchun kurash olib bordilar.

Musobaqa yakuniga ko`ra, terma jamoamiz a`zolari 5 ta medalga sazovor bo`ldilar.

Oltin:
-56 kg: Miraziz Mirzahalilov
-69 kg: Bobousmon Baturov

Kumush:
-52 kg: Xudoynazar Fayzov
-56 kg: Abdulhay Shorahmatov

Bronza:
-60 kg: Shunqor Abdurasulov.

O`zbekiston terma jamoasi musobaqada medallar sifati bo`yicha uchinchi o`rindan joy oldi (2 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza). Bu borada birinchi o`rinni Rossiya terma jamoasi (5 ta oltin, 4 ta bronza) qo`lga kiritdi. Hindiston vakillari esa (3 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza) ikkinchi bo`lishdi. To`rtinchi o`rinni AQSh vakillari ( 2 ta oltin, 1 ta kumush, 5 ta bronza) egallagan bo`lsalar, mezbon mamlakat Bolgariya (2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza) kuchli beshlikka yakun yasadi.

    Boshqa yangiliklar