AsosiySport

"Paxtakor" OChL guruh bosqichiga yo`l oldi, AGMK esa…

'"Paxtakor" OChL guruh bosqichiga yo`l oldi, AGMK esa…'ning rasmi

Xabar berib o`tganimizdek, klublarimiz 19 fevral Osiyo chempionlar ligasining pley-off bosqichida o`yin o`tkazishdi.

Toshkentning «Paxtakor» jamoasi BAAda «Al Nasr» mehmoni bo`ldi va 2:1 hisobida g`alaba qozonib, guruh bosqichiga yo`l oldi.

Olmaliqning AGMK jamoasi esa afsuski, Saudiya Arabistonining «Al Nassr» jamoasiga 0:4 hisobida mag`lub bo`ldi.

Demak, Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichida poytaxtning «Lokomotiv» hamda «Paxtakor» jamoalari yurtimiz sharafini himoya qiladigan bo`lishdi.

Osiyo Chempionlari Ligasi-2019

Pley-off bosqichi

«Al Nasr» (BAA) – «Paxtakor» 1:2
Dubay. «Al Maktum» stadioni.
Hakam: Ryuji Sato (Yaponiya)

Gollar: Alvaro Negredo 60 (pen.) – Dragan Cheran 31 (pen.), Marat Bikmaev 50.

«Al Nasr»: Ibrohim Essa, Mahmud Hamis, Ahmad Ibrohim, Mas`ud Sulaymon, Muhammad Ibrohim, Jon Umari, Xolid Jalol, Tariq Ahmad, Ronni Fernandez, Serjio Dutra, Alvaro Negredo (s)
Zaxira: Ahmad Shambih, Muborak Said, Muhammad Salman, Amir Muborak, Ali Almazam, Salim Solih, Said Suvaidan

«Paxtakor»: Sanjar Quvvatov, Xojiakbar Alijonov, Sherzod A`zamov, Egor Krimes, Farruh Sayfiev, Odiljon Hamrobekov, Sadriddin Abdullaev, Doston Hamdamov, Dragan Cheran, Jaloliddin Masharipov, Marat Bikmaev.
Zaxira: Umid Hamroev, Salimov, Rahmatullaev, Igor Sergeev, Bahrom Abdurahimov, Jasur Yaxshiboev, Vladimir Kozak.

Ogohlantirishlar: Hamrobekov 13.

«Al Nassr» – AGMK 4:0
Ar-Riyod. «Shaxzoda Faysal bin Faxd» stadioni.
Hakam: Muhammd Taqi Jafari (Singapur)

Gollar: Omar Xavsavi 55, Sulton Al G`annam 62, Juliano 80, – 3:0, Juliano 90+3.

«Al Nassr»: Bred Jons, Sulton Al G`annam, Omar Xavsavi, Abdulrahmon Al Obayd, Abdulaziz Al Jebrin (Abdulrahmon Al Dossari, 83), Abdulloh Al Xaybari, Maykon, Fahad Bin Jumayah (Rakan Shamlan, 79), Firas Al Birakan (Yahyo Al Shehri, 70), Abdulloh Al Salim, Juliano.
Zaxira: Volid Ali, Hamid Al Mansur, Abdulloh Madu, Avad Hamis.

AGMK: Suhrob Sultonov, Dilshod Jo`raev, San`at Shixov, Zafar Polvonov, Murodjon Toshmatov (Jasur Hakimov, 59), Jasur Hasanov (Zohir Pirimov, 81), Mirolyub Kostich (G`ulomHaydar G`ulomov, 64), Akmal Shorahmedov, Saydullo Rahmatov, Sardor Rahmonov, Bobur Yuldashov.
Zaxira: Roman Abdulov, Mirjamol Qosimov, Marko Zochevich, Mirg`iyos Sulaymonov.

Ogohlantirishlar: Zafar Polvonov 34, Mirolyub Kostich 44, Dilshod Jo`raev 59, Al Jebrin 75.

    Boshqa yangiliklar