Ertaga Germaniyaning Dyusseldorf shahrida dzyudo bo`yicha “Katta Dubulg`a” turkumiga kiruvchi nufuzli turnir start oladi, deb xabar bermoqda MOQ.
Joriy yil hisobidan ikkinchi “Katta Dubulg`a” turnirida dunyoning 98 davlatidan jami 721 nafar dzyudochi medallar yo`lida tatamiga chiqadi. Ular orasida 10 nafar o`zbekistonlik polvonlar ham bor.
Kecha Germaniyaga etib borgan dzyudochilarimiz kross yugurishdi. Bugun Farhod To`raev bosh murabbiyligidagi terma jamoamiz a`zolari to`laqonli mashg`ulot o`tkazishadi.
Shuningdek, bugun Toshkent vaqti bilan soat 18:00da (Germaniyada 14:00) Dyusseldorf turniriga qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tadi.
Terma jamoamiz tarkibi:
Erkaklar:
-60 kg: Diyorbek O`rozboev
-66 kg: Artyom Shturbabin
-73 kg: G`iyosjon Boboev
-81 kg: Kamoliddin Rasulov
-90 kg: Davlat Bobonov
-100 kg: Muhammadkarim Xurramov
-100 kg: Sherali Jo`raev
+100 kg: Bekmurod Oltiboev
Ayollar:
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-78 kg: Nodira Yuldasheva
Murabbiylar: Farhod To`raev, O`ktam Rahmonov.






