1

UMS aloqa markazi operatorlarini ishga olishini e`lon qildi

Hi-tech 11.11.2014, 15:01
UMS aloqa markazi operatorlarini ishga olishini e`lon qildi

Facebook’dagi «Est rabota!» guruhida yangi Universal Mobile Systems (UMS) mobil aloqa kompaniyasi call-markaz operatorlari − aloqa markazi mutaxassislarini ishga olishi to`g`risida e`lon joylashtirildi, deb xabar bermoqda Mobinfo.uz.

Asosan mijozlarning savollariga telefon orqali javob qaytarish bilan shug`ullanishi ko`zda tutilgan ish o`rni e`lonida «UMS’da ishlash − hayotni yorqinroq, qiziqarliroq va yanada barqaror qilish imkoniyati» ekanligi aytilgan.

Eslatib o`tamiz, «MTS-O`zbekiston» o`rniga tashkil qilingan UMS mobil aloqa operatori o`z tijoriy faoliyatini 2014 yil 1 dekabrdan boshlashi ko`zda tutilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1