Shu hafta, yakshanba 24 fevral kuni ertalab Olimpiya o`yinlari sovrindori, jahon chempioni, bugungi kunda professional ringda faoliyat olib borayotgan bokschimiz Shahram G`iyosovning navbatdagi jangida ringga ko`tariladi.
G`iyosov faoliyatidagi ettinchi janginini Meksikaning Tixuana shahrida o`tkazadi va unda hamyurtimizga meksikalik Edgar Puerto raqiblik qiladi.
Ma`lumot uchun, Shahram shu kungacha professional boksda 6 marotaba ringga ko`tarilgan va ularning barchasida g`alaba qozongan. 5 ta jangda u raqibini nokautga uchratgan. Edgar Puerto esa shu kungacha 37 ta jang o`tkazib, ularning 25 tasida g`alaba qozongan (19 ta nokaut). 11 marotaba mag`lub bo`lgan(5 ta nokaut) va 1 ta durang qayd etgan.






