AsosiySport

«Binokor» overtaymda mag`lub bo`ldi, «Humo» – peshqadam

'«Binokor» overtaymda mag`lub bo`ldi, «Humo» – peshqadam'ning rasmi

Xokkey bo`yicha O`zbekiston chempionatining beshinchi turida «Binokor» «Semurg`»ga qarshi o`yin o`tkazdi. Uchrashuvning asosiy vaqti 4:4 hisobida yakunlandi. Bahs g`olibini aniqlash uchun overtaymga murojaat qilindi. Qo`shimcha vaqtlarda «Semurg`» omadliroq chiqdi va yakunda 5:4 hisobida g`alaba qozondi.

Ikkinchi uchrashuvda esa «Humo» o`zining to`rtinchi g`alabasini nishonladi. Bu safar jamoa «Toshkent»ni 3:1 hisobida mag`lub etdi.

O`zbekiston chempionati. 5-tur.

«Semurg`» – «Binokor» – 5:4
«Toshkent» – «Humo» – 1:3

Ertaga chempionatning 6-tur bahslari boshlanadi. Unda «Humo» «Binokor»ga qarshi bahs yuritsa, 24 fevral kuni «Toshkent» – «Semurg`» qarama-qarshiligini tomosha qilishimiz mumkin bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar