Bugun «Paxtakor» stadionida futbol bo`yicha O`zbekiston Superkubogi uchrashuvi bo`lib o`tdi. Unda mamlakatimizning amaldagi chempioni – «Lokomotiv» jamoasi O`zbekiston Kubogi sohibi AGMK jamoasi bilan bahs olib bordi.
Keskin kurashlarga boy o`tgan uchrashuvda «temiryo`lchilar» 2:1 hisobida g`alaba qozonib, O`zbekiston Superkubogi sohibiga aylanishdi. Bu «Lokomotiv» uchun jamoa tarixidagi ikkinchi Superkubokdir.
O`zbekiston Superkubogi-2019.
«Lokomotiv» – AGMK 2:1
23 fevral. Toshkent. «Paxtakor» stadioni.
Hakamlar: Sherzod Qosimov, Sanjar Shoyusupov, Andrey Sapenko, Jasur Muxtorov.
Gollar: Abduholiqov (12), Jokich (74) – Polvonov (77).
«Lokomotiv»: 35.Javohir Ilyosov, 5.Anzur Ismoilov, 8.Jamshid Iskanderov (7.Aziz Haydarov, 74), 10.Sardor Mirzaev, 11.Temurxo`ja Abduxoliqov (9.Filip Raevas, 86), 17.Husniddin G`ofurov, 20.Islom To`xtaxo`jaev, 23.Yovan Jokich, 24.Davron Hoshimov, 33.Oleg Zoteev (88.Igor Yelich, 68), 77.Diyor Turopov
Zaxira: 12.Ma`mur Ikromov, 7.Azizbek Haydarov, 9.Filip Rayevas, 19.Avazbek O`lmasaliev, 70.Alisher Shog`ulomov, 71.Arslonmurod Omonov, 88.Igor Yelich.
AGMK: 32.Suhrobjon Sultonov, 4.Mirjamol Qosimov (15.Jasur Hakimov, 62), 5.Dilshod Jo`raev, 8.San`at Shixov, 9.Zafar Polvonov, 19.Jasur Hasanov, 22.Mirolyub Kostich (6.Marko Zochevich, 39), 23.Akmal Shorahmedov, 31.Saydullo Rahmatov, 33.Sardor Rahmonov, 44.Bobur Yuldoshev.
Zaxira: 45.Akbar To`raev, 6.Marko Zochevich, 11.Zohir Pirimov, 15.Jasur Hakimov, 20.Mirg`iyos Sulaymonov, 21.G`ulom Haydar G`ulomov, 36.Shahboz Umarov.
Ogohlantirishlar: Saydullo Rahmatov (52).







