AsosiySport

Shahram G`iyosov meksikalik raqibini texnik nokautga uchratdi

'Shahram G`iyosov meksikalik raqibini texnik nokautga uchratdi  'ning rasmi

O`zbekistonlik professional bokschi Shahram G`iyosov Meksikaning Tixuana shahrida 23 fevral kuni bo`lib o`tgan jangda meksikalik raqibini texnik nokautga uchratdi, deb xabar qilmoqda O`zbekiston Olimpiya qo`mitasi.

Edgar Puerto beshinchi raundda Shahramning ketma-ket zarbalaridan so`ng muvozanatni yo`qotdi. Hakamlar meksikalik bokschining sog`lig`iga xavf tug`dirmaslik uchun, bahsni to`xtatishdi va jangda Shahram g`olib deb e`lon qilindi. Eslatib o`tamiz, ushbu jang 10 raunddan iborat bo`lishi kerak edi.

Ushbu jang Shahram G`iyosov uchun professional ringda o`tkazilgan ettinchi jang va ettinchi g`alaba bo`ldi. Edgar Puerto uchun esa 38 jangda ikkinchi mag`lubiyat bo`ldi. Shu vaqtga qadar Puerta - 25 ta g`alaba, 11 ta durang, 1 ta mag`lubiyatga uchragan edi.

    Boshqa yangiliklar