1

“Adabiyot va huquq” nomli yangi kitob taqdimoti o`tkaziladi

Jamiyat 25.02.2019, 15:16
“Adabiyot va huquq” nomli yangi kitob taqdimoti o`tkaziladi

Ertaga, 26 fevral kuni Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida Qonunchilik palatasi qo`mitasi raisi, akademik Akmal Saidovning “O`zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyida chop etilgan “Adabiyot va huquq” nomli yangi kitobining taqdimoti bo`lib o`tadi.

Kitobda buyuk adib-huquqshunoslar hayoti va ijodidan lavhalar, ularning huquqiy qarashlari hamda hikmatli so`zlari, shuningdek, badiiy asarlaridan ayrim namunalar jamlangan.

Agentlik matbuot xizmatining xabar qilishicha, taqdimot marosimida Jamol Kamol, Ibrohim G`afurov, Xurshid Do`stmuhammad, Sherzod Qudratxo`jaev, Shuhrat Sirojiddinov, Muhammadjon Xolbekov, Qalandar Abdurahmonov, Baxtiyor Nazarov, Esemurat Kanyazov, G`anisher Rahimov, jurnalistlar, noshirlar va kitobxonlar ishtirok etishi kutilmoqda.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1