Toshkentdagi "Windham" mehmonxonasida ko`krak bezi saratonining oldini olish va uni davolash masalalariga bag`ishlangan anjuman bo`lib o`tdi. Unda bir qator idora va tashkilotlar vakillari, mamlakatimizda faoliyat ko`rsatayotgan onkolog-shifokorlar, turkiyalik soha mutaxassislari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Bugungi kunda mamlakatimizda sog`liqni saqlash tizimini takomillashtiirish, aholiga tibbiy xizmat ko`rsatish sifatini yaxshilashga katta ahamimyat qaratilmoqda. Bu borada xorijlik tibbiyot xodimlari, jahonning nufuzli tibbiyot muassasalari bilan hamkorlikni kuchaytirish katta ahamiyat kasb etadi. Ayni paytda yurtimizda xorijlik mutaxassislar bilan hamkorilkda ochilgan shifo maskanlari faoliyat ko`rsatmoqda, chet ellik shifokorlar yordamida jarrohlik amaliyotlari o`tkazilmoqda. Bu borada ayollar o`rtasida keng tarqalgan ko`krak bezi saratonining oldini olish va davolash katta ahamiyatga ega.
— O`tgan asrning 40-50 yillarida sayyoramizda ayollar o`rtasida bachadon bo`yni saratoni tufayli o`lim holatlari ko`payib ketgan edi, - deydi turkiyalik shifokor, "Istanbul Onkoloji" klinikasi vakili, professor, ko`krak bezi radiologiyasi bo`yicha mutaxassis Levent Chelik. – Bugungi kunga kelib esa, ko`krak bezi saratoni ayollarni tashvishga solayotgan eng katta muammolardan biriga aylanmoqda. Statistik ma`lumotlarga ko`ra, Er yuzidagi ayollarning 11 foizi, yoki har to`qqiz ayoldan biri umri davomida kamida bir marotaba ko`krak bezi saratoni xavfi bilan yuzlashadi. Ayollar o`rtasida onkologik kasalliklar bo`yicha bu xastalik o`pka saratonidan keyingi ikkinchi o`rinda turadi. 2008 yildan buyon klinikamiz ushbu yo`nalishda faoliyat yuritadi. Ayni paytda biz bu xastalikni davolash bo`yicha etarlicha tajriba to`plaganmiz.
— Ushbu anjuman mamlakatimizdagi onkolog mutaxassislarning tajriba ortirishi chun katta imkoniyat yaratdi, - deydi poytaxtimizdagi "Mediamax International healthcare" markazi rahbari Shukran Jo`raeva. – Biz ham o`z markazimizda turkiyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda ana shunday xastaliklar bilan og`rigan ayollarimizni davolash, sut bezi saratoniga erta tashxis qo`yish borasida hamkorlikni qilyapmiz.
Anjumanda radiolog Levent Chelik va onkologik jarrohlik bo`yicha mutaxassis Jem Yilmaz sohada qo`llanilayotgan yangicha amaliyotlar, qo`lga kiritilayotgan yutuqlar bo`yicha ma`lumotlar berishdi. Anjuman ishtirokchilari o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.