1

10 ming AQSh dollarini noqonuniy sotib olgan shaxslarga hukm o`qildi

Jinoyat 25.02.2019, 17:02
10 ming AQSh dollarini noqonuniy sotib olgan shaxslarga hukm o`qildi

Valyuta bilan bog`liq jinoyatlarga qarshi kurashish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Mazkur jinoyat, eng avvalo, mamlakat iqtisodiyotiga jiddiy xavf soladi, milliy valyutaning bar­qarorligiga ta`sir qilib, inflyasiya jarayonining keskinlashuviga sharoit yaratadi.

Chet el valyutasi bilan bog`liq barcha moliyaviy operasiyalar Markaziy bank hamda Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi. Xususan, mamlakatimizda chet el valyutalarini milliy valyutaga yoki aksincha, milliy valyutani chet el valyutasiga almashtirish bank shoxobchalarda amalga oshirilmoqda. Lekin ba`zi fuqarolar valyutani noqonuniy ravishda olish yoki o`tkazishga harakat qilishmoqda.

Fuqaro V.Sobirov, F.Nomonov va S.Umarovlar (ismi-sharifi o`zgartirilgan) oldindan jinoiy til biriktirishib, guruh bo`lgani holda 2018 yil 21 noyabr kuni arizachi Sh.Dehqonovga Farg`ona viloyati, Qo`shtepa tumani Sarmozor m.f.y. hududida joylashgan qurilish mollari savdo bazasida O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qiymati 8277 so`m 53 tiyin bo`lgan 1 AQSh dollarini 8.250 so`mdan sotib olishga kelishib, umumiy kiymati 82.775.300 so`m bo`lgan 10.000 AQSh dollarini qonunga hilof ravishda 82.500.000 so`mga sotib olishgan vaqtlarida tezkor tadbir jarayonida ushlanishib, ulardan 82.500.000 so`m ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Mazkur jinoyat ishi jinoyat ishlari bo`yicha Qo`shtepa tuman sudi tomonidan ko`rib chiqilib, sudlanuvchi V.Sobirov, F.Nomonov va S.Umarovlarning sodir etgan jinoiy harakatlari jinoyat ishi va sud majlisida to`plangan dalillar bilan o`z tasdig`ini topdi. Sudlanuvchilar sud majlisida ayblariga to`liq iqror bo`lib, qilmishlaridan chin ko`ngildan pushaymonliklarini bildirib ko`rsatuv berishdi.

Sudlanuvchilarga sud tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasi 2-qismi “b,v” bandlari bilan qonun doirasida jazo tayinlandi.

Sh.Shamshiev,

Jinoyat ishlari bo`yicha

Qo`shtepa tuman sudining raisi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1