Hukumat qarori bilan Otabek Sodiqovich Mustafoev Qishloq xo`jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Mazkur agentlikning asosiy vazifasi uzumchilik va vinochilik sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, sohani rivojlantirishga yo`naltirilgan kompleks maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish hisoblanadi.






