AsosiyJinoyat

Kegeyli tumanidagi mushtlashuv o`lim bilan tugadi

'Kegeyli tumanidagi mushtlashuv o`lim bilan tugadi'ning rasmi

Qoraqalpog`istonning Kegeyli tumani «Aqtuba» OFY hududidagi fermer xo`jaliklarining birida baxtsiz hodisa ro`y berdi. Tuman fuqarolari A.B. va A.K o`zaro janjallashib, urishadi. A.B. ismli shaxs A.K.ning yuz qismiga kuchli jarohat etkazadi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Natijada, jabrlanuvchi tuman tibbiyot birlashmasiga olib boriladi. U erda hushiga kelmay vafot etadi, deb ma`lumot bermoqda Jinoyat ishlari bo`yicha Kegeyli tumani sudi raisi A. Bekmanov.

Mazkur jinoyat tuman sudi tomonidan ko`rilib, sudlanuvchi A.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og`ir shikast etkazish) 3-bo`limi «d» bandi bo`yicha 9 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar