O`zbekistonning Kuala-Lumpurdagi elchixonasi tashabbusi bilan Malayziyaning Perlis shtati muftiysi Mohd Asri bin Zaynul Abidin O`zbekistonning faxriy ziyorat turizm elchisi etib tayinlandi, deb xabar qildi O`zbekiston TIV matbuot xizmati.
2019 yil 21−23 fevral kunlari Buxoroda o`tkazilgan Birinchi xalqaro ziyorat turizmi bo`yicha forumda O`zbekiston tarixida birinchi marta unga elchilik sertifikati taqdim etildi.
Faxriy elchi ijtimoiy tarmoqlarda O`zbekistonni sayyohlar uchun jozibali yo`nalish sifatida faol ravishda targ`ib etmoqda, shuningdek, O`zbekistonga tashrif buyuradigan sayyohlik guruhlariga malayziyalik islom olimlarni doimiy ravishda jalb qilish bo`yicha ish olib bormoqda.






