AsosiyJamiyat

Jismoniy tarbiya o`qituvchilarini lavozimiga tayinlash va ozod etish tartibi o`zgardi

'Jismoniy tarbiya o`qituvchilarini lavozimiga tayinlash va ozod etish tartibi o`zgardi'ning rasmi

Prezidentning ayrim hujjatlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi

Kiritilgan o`zgartirishlarga muvofiq, ta`lim muassasalarining jismoniy tarbiya o`qituvchisini lavozimiga tayinlash va ozod etish tuman jismoniy tarbiya va sport bo`limlari bilan kelishilgan holda ta`lim muassasalari direktorlari tomonidan amalga oshiriladi.

Ilgari jismoniy tarbiya o`qituvchisi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan kelishilgan holda Qoraqalpog`iston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshliqlari tomonidan amalga oshirilgan.

Oliy ta`lim muassasalarining jismoniy tarbiya o`qituvchilari esa endilikda muassasa rahbarlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi. Ilgari bu tartib jismoniy tarbiya va sport vaziri tomonidan amalga oshirilgan.

Ho`l meva-sabzavotlarni to`g`ridan-to`g`ri shartnomalar bo`yicha 100 foiz haqi oldindan xorijiy valyutada olingandan so`ng eksport qilishga ruxsat berilishiga oid talab bekor qilindi.

Qora metallar prokatini ishlab chiqarish uchun xo`jalik yurituvchi sub`ektlar tomonidan respublikaga olib kelinadigan metallurgiya xom ashyosini olib kirishga bo`lgan bojxona imtiyozlari 2020 yilning 1 yanvarigacha uzaytirildi.

    Boshqa yangiliklar