1

Yosh dizaynerlarimiz Milanda bo`lishdi

Madaniyat 26.02.2019, 10:44
Yosh dizaynerlarimiz Milanda bo`lishdi

19-25 fevral kunlari xalqaro Milan fashion week moda haftaligida O`zbekiston yoshlar ittifoqi qoshidagi Yosh dizaynerlar Kengashi a`zolarining modalar namoyishi bo`lib o`tdi.

Namoyishda milliy matolarimizdan adras, shoyi matolarining 2019 va 2020 yilning kuz-qish mavsumi trendlari asosida eksklyuziv naqshlari ishlab chiqilib, ulardan terma kolleksiya yaratildi. Kengashga o`z ijodiy ishlarini topshirgan yosh dizaynerlarning liboslar to`plami konsepsiyasiga Kengash raisi va modeler-dizayner Dilnoza Umrzoqova boshchilik qildi.

Muloqotga 23 nafar dizayner taklif qilinib, ulardan 6 nafarining ijod namunalari Milan moda haftaligi tashkilotchilari tomonidan tanlab olindi.

Mazkur to`plam Italiya moda mutaxassislari tomonidan yuqori baholanib, Milandagi 2 ta shourum bilan shartnoma tuzish imkonini berdi. Shuningdek, dunyoga mashhur “Elle” jurnali muharriri Adriana Di Letto bilan ham uchrashuv bo`lib o`tdi.

Mazkur uchrashuv o`zbek modasini xalqaro moda jurnallari bilan hamkorlikda ishlashi uchun eshik ochib beradi.

Shuningdek, haftalik doirasida Kengash raisi Dilnoza Umrzoqova moda haftaliklari prezidentlari bilan uchrashdi. Unda hamkorlik masalalari ko`rib chiqildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1