AsosiySport

O`zbekiston olimpiya terma jamoasi Ispaniyadagi yig`inni yakunladi

'O`zbekiston olimpiya terma jamoasi Ispaniyadagi yig`inni yakunladi'ning rasmi

O`zbekiston olimpiya terma jamoasi 14-25 fevral kunlari Ispaniyaning San-Pedro-del-Pinatar shahrida o`quv mashg`ulot yig`ini o`tkazdi. Yig`in davomida futbolchilarimiz Shveysariyaning «Delemon» (2:2) va Gruziyaning «Lokomotiv» (3:2) jamoalariga qarshi o`rtoqlik o`yinlari o`tkazishdi, deb xabar bermoqda O`FA.

Lyubinko Drulovich shogirdlari kecha Ispaniyadagi yig`inni yakunlab, Turkiyaga etib borishdi. Endilikda vakillarimiz Turkiyada yig`inni davom ettirishadi. Terma jamoamiz delegasiyasi «Limak Eurasia» mehmonxonasiga joylashgan.

Turkiyada Olimpiya terma jamoasi a`zolari nazorat o`yini o`tkazishi ham rejalashtirilgan. Jumladan, 27 fevral kuni futbolchilarimiz «Istambul Bashakshehir» klubining U-23 jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Turkiyadagi yig`in 3 mart kunigacha davom etadi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston olimpiya terma jamoasi kelasi yil Taylandda bo`lib o`tadigan Osiyo chempionati saralashiga tayyorgarlik ko`rmoqda. Saralash bahslari shu yilning 22-26 mart kunlari Toshkentda o`tkazilib, terma jamoamiz a`zolari Osiyo chempionati yo`llanmasini qo`lga kiritish uchun Tojikiston, Hindiston va Pokiston terma jamoalari bilan kuch sinashishadi.

    Boshqa yangiliklar