AsosiySiyosat

Ilhom Ne`matov Qozog`iston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

'Ilhom Ne`matov Qozog`iston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi'ning rasmi

Kecha, 26 fevral kuni Tashqi ishlar vazirliklari o`rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundida ishtirok etish uchun Ostona shahriga borgan O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o`rinbosari Ilhom Ne`matov Qozog`iston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Beybut Atamqulov bilan uchrashdi.

"Suhbat chog`ida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Avvalo, Qozog`iston prezidenti Nursulton Nazarboevning 2019 yil aprel oyida Toshkent shahrida o`tkazilishi belgilangan Markaziy Osiyo davlat rahbarlari Ikkinchi maslahat uchrashuvidagi ishtirokining amaliy jihatlari to`g`risida so`z bordi", - deyiladi TIV xabarida.

Shuningdek, 2018 yilda yakuniga etgan "Qozog`istonda O`zbekiston yili"ning mantiqiy davomi bo`lmish "O`zbekistonda Qozog`iston yili"ni o`tkazish dasturi loyihasi bo`yisha ham fikr almashilgan.

Qozog`iston TIV rahbarining qayd etishicha, ikki davlat prezidentlarining siyosiy irodasi tufayli ikki tomonlama munosabatlar yuqori darajaga chiqdi va barqaror rivojlanish tusini olmoqda. Vazir tomonidan mamlakatlar o`rtasida barcha sohalarda ko`p qirrali hamkorlikni kengaytirish uchun yirik imkoniyatlar mavjudligi ta`kidlandi.

Uchrashuvda O`zbekiston-Qozog`iston hamkorligining boshqa masalalari ham ko`rib chiqilgan.

    Boshqa yangiliklar