AsosiyJamiyat

Teshaev Shuhrat qishloq xo`jaligi vazirining birinchi o`rinbosari etib tayinlandi

'Teshaev Shuhrat qishloq xo`jaligi vazirining  birinchi o`rinbosari etib tayinlandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 26 fevraldagi PQ-4211-son qaroriga binoan Teshaev Shuhrat Juroqulovich O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vazirining birinchi o`rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Qishloq xo`jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Teshaev Shuhrat Toshkent davlat agrar universiteti bitiruvchisi, ma`lumot bo`yicha olim-agronom

Tayinlovga qadar Farg`ona viloyati hokimining qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosari lavozimini egallagan. Bundan avval O`zbekiston Paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti Bosh direktorining o`rinbosari, «Paxta» ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori va O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vaziri bo`lib faoliyat yuritgan.

Qishloq xo`jaligi vazirining birinchi o`rinbosari sifatida Teshaev paxtachilik, g`allachilik, qishloq xo`jaligini mexanizasiyalashtirish va qishloq xo`jaligining suv uchun ehtiyojlarini tahlil qilish masalari bilan shug`ullanadi.


    Boshqa yangiliklar