1

Shavkat Mirziyoyev Humo Arena ochilish marosimida ishtirok etadi

Jamiyat 04.03.2019, 11:20
Shavkat Mirziyoyev Humo Arena ochilish marosimida ishtirok etadi

15 mart kuni Humo Arena muz saroyi ochilish marosimida Shavkat Mirziyoyev ishtirok etadi.

Taklif qilingan mehmonlar orasida, shuningdek hukumat va parlament vakillari, viloyat hokimlari, jamoatchilik tashkilotlari, madaniyat va fan arboblari, O`zbekistonning etakchi sportchilari, diplomatik korpus vakillari hamda mehribonlik uylari bolalari bo`ladi.

Ochilish marosimining asosiy g`oyasi – qishgi sport turlari hamda muz saroyi arxitekturasining uyg`unligi mavzusi bo`ladi. Asosiy arenada yozgi va qishgi sport turlari sportchilari o`z mahoratlarini namoyish etishadi.

Tantanali ochilish marosimini lazer shou hamda 3D animasiya, "Shelkunchik" spektakli va musiqali shou dastur davom ettiradi.

Eslatib o`tamiz, Xumo Arena qurilishi 2017yilda boshlangan edi. Sport majmuasida xokkey, short-trek, figurali uchish va kyorling kabi qishgi sportlar bo`yicha musobaqalar o`tkazish, shuningdek, konsert, ko`rgazma va forumlar tashkil qilinishi mumkin.

Xumo Arena 7 qavatdan iborat bo`lib, uning umumiy maydoni 82 ming metr kvadrat. Majmua 12 ming tomoshabinga mo`ljallangan. Shuningdek u erda 1600 o`rinli avtoturargoh bor.

Bino qurilishida 4 mingdan ortiq ishchilar ishlagan, Germaniya, Rossiya, Avstriya, Ispaniya, Fransiya, Italiya va boshqa mamlakatlardan 10 dan ortiq hamkor kompaniyalar jalb qilingan.

Humo Arena umumiy qiymati - 1,5 trillion so`m bo`lib, undan 185 million AQSh dollari - xorijiy investisiyalardir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1