1

Malayziya universiteti o`qituvchi va talabalari Toshkent Moliya institutida malaka oshirdi

Jamiyat 04.03.2019, 11:30
Malayziya universiteti o`qituvchi va talabalari Toshkent Moliya institutida malaka oshirdi

Malayziya energetika milliy universiteti (Universiti Tenaga Nasional)ning bir guruh talabalari va professor-o`qituvchilari qisqa muddatli stajirovka o`tash uchun Toshkent moliya institutiga kelishdi. Bu haqida Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Institut tomonidan ishlab chiqilgan “Study Tour” maxsus ta`lim turizmi dasturi bo`yicha xorijiy talabalarga “Financial accounting”, “Audit”, “Monetary policy in Uzbekistan”, “Uzbek language (Beginner level)” modullari orqali ta`lim xizmatlari eksporti yo`lga qo`yildi.

Dastur doirasida Toshkent shahridagi tarixiy qadamjolar va Toshkent viloyatining tog`oldi hududlari, Samarqand va Buxoro kabi tarixiy shaharlariga sayohatlar tashkil etiladi.

Shuningdek, dastur bo`yicha O`zbekiston va Malayziya yoshlari o`rtasida muloqot o`tkazilishi ko`zda tutilgan.

“Study Tour” maxsus ta`lim turizmi dasturi bo`yicha yil yakuniga qadar Janubiy Koreya, Malayziya, Rossiyadan talabalar tashrif buyurishi rejalashtirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1