1

Xonadon eshigini buzib kirib, 4,7 mln so`m pulni o`g`irlagan ayol ushlandi

Jinoyat 04.03.2019, 11:33
Xonadon eshigini buzib kirib, 4,7 mln so`m pulni o`g`irlagan ayol ushlandi

Joriy yilning 27 fevral kuni Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida noma`lum shaxs Sharq Yulduzi mahallasi Qorasuv qishlog`ida yashovchi T.B.ning uyi eshigini buzib kirgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra, u xonadan 4 700 000 so`m pulni o`g`irlab ketgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Sharq Yulduzi mahallasida yashovchi L.P. ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda .

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1